Xitoyning UMi kompaniyasi O‘zbekistonda UMi Fair arzon smartfonini sota boshladi. U ishlab chiqaruvchi tomonidan daktiloskopik datchikka ega eng arzon smartfon deb tavsiflanmoqda.
Yangi uskunaning yana bir o‘ziga xos jihati korpus atrofida metall romning borligidir.
UMi Fair 64 bitli, 1.3 GGts chastotali, 4 yadroli MediaTek MT6735 protsessori va GPU Mali-T720 bilan ta'minlangan. 5 dyuymli IPS-displey 1280x720 nuqta (HD) yechimga ega, operativ xotira hajmi 1 Gb, flesh-xotira hajmi — 8 Gb, microSD formatidagi xotira kartalari qo‘llab-quvvatlanadi.
Asosiy 8 Mp li kamera Sony sensori asosida yasalgan, shuningdek, 2 Mp li frontal kamera bor. Telefon akkumulyatori hajmi 2 250 mA/soat.
UMi Fair ikki SIM-karta o‘rniga ega. U 4G LTE i 3G HSPA+ tarmoqlarida ishlashi mumkin. Bundan tashqari, u Wi-Fi 802.11b/g/n, Bluetooth 4.0 va GPS modullari bilan ta'minlangan.
UMi Fair Xiaomi Redmi smartfonining to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchisi sanalmoqda.
Poytaxtning “Malika” bozorida 760 ming so‘mga sotilmoqda.
manba: mobinfo