10:13 / 21.10.2015
4141

2015 yilda O‘zbekiston aholisi uchun 27,5 ming tonna ko‘mir briketi mahsuloti yetkazib berildi

O‘zbekistonda oxirgi bir yarim yil ichida ko‘mir briketlari ishlab chiqaruvchi 31 fabrika ishga tushirilgan. Ularning umumiy quvvati yiliga 240 ming tonna ko‘mir ishlab chiqarish layoqatiga ega, deb ma'lumot beradi “O‘zbekko‘mir” bosh direktori Nosirjon Umarov.

2015 yilning 2 iyulidan boshlab respublikada kuchga kirgan tartibga ko‘ra, ko‘mir faqat maxsus distribyutorlik markazlari orqali sotilib, ularning sekin-asta ko‘mirga o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Umarovning so‘zlariga qaraganda, fabrikalar Andijon, Namangan, Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda tashkil etilgan.

2015 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, bir tonna ko‘mir 133 800 so‘m, shuncha miqdordagi briket narxi esa 238 ming so‘m qilib belgilangan.

2015 yilning yanvaridan buyon aholiga 183 ming tonna ko‘mir, 27,5 ming tonna briket yetkazib berilgan.

“O‘zbekko‘mir” AJ har yili 4 mln tonna miqdorida ko‘mir qazib olish imkoniyatiga ega hisoblanadi.

Top