14:14 / 21.10.2015
2930

AQShdagi tamaki kompaniyalari chekuvchilarni davolashga 550 mln dollar to‘laydi

Nyu-York shahri hukumati 12 yil davom etgan sudlashishlardan so‘ng tamaki mahsulotlari ishlab chiqaradigan Amerikadagi yirik kompaniyalar bilan imzolangan shartnomaga muvofiq, 550 mln dollar miqdorida mablag‘ qabul qilib oladigan bo‘ldi. Bu haqda bosh prokuror Erik Shnaydermanning rasmiy saytida ma'lum qilindi.

“Yirik ishlab chiqaruvchilar tamaki mahsulotlarining Nyu-York aholisi salomatligiga yetkazishda davom etayotgan zarari uchun pul to‘lashlari shart”, - deya qayd etadi ayblovchi.
Bosh prokuror so‘zlariga ko‘ra, mazkur mablag‘larning yarmi shtatga yetkaziladi, qolgani esa shahar va bir qator okruglar hukumatlariga taqdim etiladi.

Barcha mablag‘lar chekish keltirib chiqargan kasalliklarga chalingan fuqarolarni davolash maqsadlariga sarflanadi. Prokurorning ta'kidlashicha, tamaki kompaniyalari bunday keyin ham javobgarlikka tortiladi.

Top