13:04 / 21.10.2015
4213

Bektemirdagi avtobus bekatida 7 kishilik jinoiy guruh aka-ukalarga tegishli 700 dollarni o‘g‘irlab ketishdi

Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi avtobus bekatida turgan aka-ukalar ko‘z ochib yumguncha o‘g‘rilik qurboni bo‘lishdi, deb xabar beradi “Ogoh” gazetasi.
Aytilishicha, Bektemir tumani hududida “faoliyat” yuritib kelgan 7 o‘smirdan iborat jinoiy guruh ularga “qiziqib qolib”, qurshovga olgan. So‘ng ozgina qo‘rqitib, yigitlarning qo‘lidagi 700 dollar va 700 ming so‘mni tortib olishgan.

Bezorilar changalidan qutulib qolgan yigitlar tegishli idoralarga arz qilishdi. Buning natijasida yo‘lto‘sarlar tez orada qo‘lga olinib, pul egasiga qaytarildi.

Top