18:10 / 21.10.2015
5508

Britaniyalik ayol chiroqning topshirig‘iga ko‘ra hamxonasini urib o‘ldirdi

36 yoshli britaniyalik Shelli Kristofer o‘zining 42 yoshli hamxonasi Richardni vampir (ayrim xalqlar e'tiqodiga ko‘ra qon so‘ruvchi arvoh)ga aylanmasligi uchun yog‘och to‘qmoq bilan 29 marta kaltaklagan. Uning Sofiya ismli qiziga ham olti marta zarba bergan. U qizga qalam bilan tashlanganida, Sofiya ayol changalidan qochib, hayotini saqlab qolgan.

Hodisa 2015 yilning fevral oyida bo‘lib o‘tganiga qaramasdan, ayol oktabr oyidagina sud oldida suroq berishni boshlagan. Kristofer so‘zlariga ko‘ra, qotillikdan bir necha kun muqaddam u Londondagi psixologik yordam markaziga murojaat qilgan. Psixologga kimdir uning ortidan kuzatayotganini ma'lum qilgan. Davolash taklif etilganida, Kristofer buni rad etib, uyiga qaytgan.

Gurdian nashrining yozishicha, Kristofer o‘z aybini tan olgani yo‘q. Ayol qotillikni uning xonasi shiftiga o‘rnatilgan lampaning topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirganini aytmoqda.
Uning holatini tekshirgan psixiatorlar Kristofer psixoz va paranoidal shizofreniyadan aziyat chekadi, degan xulosaga kelishdi. Ayni paytda u yopiq ruhiy kasalliklar shifoxonasida.

Top