17:35 / 21.10.2015
3852

YeChL, 3-tur: Ikkinchi kun o‘yinlari uchun anons

Bugun, 21 oktabr kuni Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqichida 3-tur uchrashuvlariga davom ettiriladi.

Chorshanba oqshomida 4ta guruhda (A, V, S va D) 8ta uchrashuv o‘tkaziladi.

PSJ - Real

Bugungi oqshomning markaziy uchrashuvi Parij shahrida, A guruhi vakillari "PSJ" va "Real" o‘rtasida o‘tkaziladi.
Bu o‘yingacha har ikki jamoa 6tadan ochko to‘plagan va bugungi o‘yin guruh yetakchisi nomiga oydinlik kiritishi kutilmoqda.
Mezbonlar safida David Luis, mehmonlar safida esa Karvaxal, Xames Rodriges, Pepe, Benzema, Beyl kabi qator yetakchi futbolchilar bu o‘yinni o‘tkazib yuborishadi.

Malme - Shaxtyor

O‘tkazilgan 2 turda bironta ochko ishlay olmagan 2 autsayder o‘rtasidagi to‘qnashuv Norvegiyada, "Malme" va "Shaxtyor" jamoalari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

V guruhi
TsSKA - Manchester Yunayted

Bugungi o‘yinlar orasida eng ko‘p qiziqishlarga sabab bo‘layotgan o‘yinlardan biri Moskvada bo‘lib o‘tadi. O‘z chempionatida joriy mavsumda hali mag‘lubiyatga uchramagan TsSKA va APLda uchinchi o‘rinda ketayotgan "MYu" jamoasining imkoniyatlari bu o‘yinda teng deb baholanmoqda. "MYu" safida Shou, Yang, Makneyr, Uilson kabi futbolchilar jarohat tufayli maydonga tusha olishmaydi.

Volfsburg - PSV

V guruhining 4 vakili ham bir xil, 3tadan ochko jamg‘argan. Germaniyadagi "Volfsburg" va "PSV" jamoalari bahsi ham teng kurashlar ostida o‘tishi kutilmoqda.
Mezbonlar safida Knoxe va Felipe, mehmonlar safida esa Lestenn, Villems, Yozefzoon, Kox kabi futbolchilar jarohat tufayli o‘yinni o‘tkazib yuborishadi.

S guruhi
Atletiko - Astana

Qozog‘istonning "Astana" klubi Madridda "Atletiko" mehmoni bo‘ladi.
Qozoqlar bu o‘yinga ikkinchi tarkib bilan borishgan.
Diyego Simeone bu o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida "Astana" o‘zini hayron qoldirayotgani haqida aytib o‘tgan.

Galatasaray - Benfika

S guruhining ikkinchi uchrashuvi "Galatasaray" va "Benfika" o‘rtasida o‘tkaziladi. Turklar hisobida shu vaqtgacha atigi bitta ochko bor, "Benfika" esa hali ochko yo‘qotmagan.

D guruhi
Yuventus - Borussiya Menxengladbax

"Yuventus" ichki chempionatda omadsiz ishtirok etayotgan bo‘lsada, bu jamoa YeChLni yaxshi o‘tkazmoqda. Ikki turni ham g‘alaba bilan yakunlagan turinliklar bu turda guruhning eng kuchsiz jamoasi "Borussiya M"ni qabul qiladi.

Manchester Siti - Sevilya

"Manchester Siti" bugun muxlislari qarshisida "Sevilya"ni kutib oladi. Bu o‘yinda jamoa Aguero, Silva, Kolarov kabi yetakchilarisiz harakat qilishga majbur.

Top