09:00 / 21.10.2015
3325

Yelizaveta II va Si Tszinpin global hamkorlikning boshlanganini e'lon qildilar

XXR raisi Si Tszinpinning tashrifi sharafiga Bukingem saroyida o‘tkazilgan tantanali banket chog‘ida aytilgan qadah so‘zlari chog‘ida Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va Xitoy yetakchisi global hamkorlikning boshlanganini bayon qilishdi. Bu haqda TAS agentligi xabar bermoqda.

“Janob rais, Birlashgan Qirollik va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar bugun darhaqiqat global hamkorlikdir”, - deb ta'kidladi qirolicha.
Si Tszinpin, o‘z navbatida, xitoycha bir maqolni esga oldi: “imkoniyat bir marta beriladi, u yo‘q bo‘lmasidan burun foydalanib qoling”.

Top