21:09 / 21.10.2015
12800

KUN.UZ dayjesti: 21 oktabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 21 oktabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Shukrullo Isroilov to‘ng‘ich o‘g‘lini uylantirdi>>

20 oktabr kuni o‘zbekistonlik so‘z ustasi Shukrullo Isroilov o‘zining to‘ng‘ich o‘g‘lini uylantirdi. To‘y marosimi poytaxtimizdagi Osiyo Grand to‘yxonasida bo‘lib o‘tdi.

Google xodimi kompaniya parkovkasidagi yuk mashinasida yashayotgani ma'lum bo‘ldi>>

Google kompaniyasi dasturchisi Brendon ishga joylashgan chog‘ida San-Frantsiskoda qimmat turadigan uy ijaraga olmasdan, yuk mashinasi xarid qilishga qaror qildi. Business Insider nashrining xabar qilishicha, u mashinada yashab keladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Avtotest” avtomaktabi haydovchisi yo‘lda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygani suratlari paydo bo‘ldi>>

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yaqinda o‘z faoliyatini boshlagan “Avtotest” innovatsion avtomaktabiga tegishli o‘quv mashinasi poytaxt ko‘chalardan birida yo‘l o‘rtasidagi bosish taqiqlangan ikkita taqiqlovchi chiziqni bosib o‘tayotgani aks etgan suratlar chop etildi.

Britaniyalik ayol chiroqning topshirig‘iga ko‘ra hamxonasini urib o‘ldirdi>>

36 yoshli britaniyalik Shelli Kristofer o‘zining 42 yoshli hamxonasi Richardni vampir (ayrim xalqlar e'tiqodiga ko‘ra qon so‘ruvchi arvoh)ga aylanmasligi uchun yog‘och to‘qmoq bilan 29 marta kaltaklagan. Uning Sofiya ismli qiziga ham olti marta zarba bergan. 

Manba: Noyabr oyida Oybek va Nigoraning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tadi>>

2015 yilning noyabr oyida o‘zbek estrada vakillari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari – Oybek Alimov hamda Nigora Ismoilovaning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda kun.uz saytining ishonchli axborot manbasi xabar qildi.

Xitoyda o‘ta kuchli mushaklarga ega mutant-itlar yetishtirildi>>

Tadqiqotlar doirasida XXR mutaxassislari dunyoda birinchi bo‘lib jonivorlardagi miostatin – mushak to‘qimalari o‘sishi va differentsiyalanishiga ta'sir ko‘rsatuvchi oqsil ishlab chiqarilishiga javobgar genni olib tashlashdi.

Qo‘lbola soat yasagani uchun hibsga olingan o‘smir oilasi AQShdan Qatarga ko‘chib o‘tmoqchi>>

Texas shtatida qo‘lbola soat yasagani uchun hibsga olingan o‘smirning oilasi AQShdan Qatarga ko‘chib o‘tishga qaror qildi. Bu haqda The Washington Post xabar qildi.

Bill va Xillari Klinton: birgalikdagi turmushning 40 yili>>

AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton va uning turmush o‘rtog‘i, 2016 yilgi AQSh prezidentligiga saylovlarda Demokratik partiyadan nomzod sifatida qatnashayotgan Xillari Klinton birgalikdagi turmushlarining 40 yilligini nishonlashdi.

Durov Telegram messenjerining Eronda to‘sib qo‘yilishi jarayoni haqida aytib berdi>>

Telegram Eronda butunlay to‘sib qo‘yilgan. Bu haqda ushbu xizmat asoschisi Pavel Durov o‘z tvitterida ma'lum qilgan.

OAV: Roman Abramovich Gvardiola bilan uchrashib, uni "Chelsi"da ishlashga taklif qildi>>

Angliyaning «Chelsi» klubining navbatdagi bosh murabbiyi hozirda Germaniyaning «Bavariya» klubini boshqarayotgan Xosep Gvardiola bo‘lishi mumkin. Bu haqda Guardian nashri xabar tarqatdi.

"Kelajakka qaytish 2": 2015 yilning 21 oktabridagi bashoratlarning bugungi qiyofasi>>

Mana, “Kelajakka qaytish” filmi qahramonlari Martin va Dok borib qolgan 2015 yilning 21 oktabriga qadar yetib keldik.

BAA Formula-1ning navbatdagi bosqichida poygachi yo‘ltanlamasni namoyish etadi>>

BAAning Zarooq kompaniyasi o‘zining birinchi modeli - Sand Racer poygachi yo‘ltanlamasini debyutga hozirlamoqda. Uning taqdimoti noyabr oyida Abu Dabidagi Formula-1 Gran-prisi paytida o‘tkaziladi.

Hyundai kompaniyasi Tucson krossoveri tomida chodir o‘rnatdi>>

Hyundai kompaniyasi yangi avloddagi Tucson krossoverining navbatdagi versiyasini namoyish qildi. Avtomobilning bu versiya SEMA tyuning-shousi uchun maxsus tayyorlangan. Sayohat qilish ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan mashina tyunerchi va fotosuratchi Jon Pangilinan bilan hamkorlikda yaratilgan. Avtomobil Adventuremobile (Sarguzashtlar avtomobili) deb nomlandi.

BlackBerrydan Android-smartfon: birinchi video>>

BlackBerry kompaniyasi YouTube videoxostingida o‘zining birinchi Android-smartfoni Priv’ning rasmiy videoroligini joylashtirdi. Shuningdek, uning xarakteristkasi haqda ham ma'lumot berib o‘tdi.

Top