18:41 / 21.10.2015
2597

Makedoniyaga bir kunda 6 ming noqonuniy muhojirlar tashrif buyurdi

O‘tgan bir sutka davomida Makedoniya Respublikasi hududiga Gretsiyadan 5.7 ming qochqin kirib keldi. Bu haqda “Respublika” gazetasining internet versiyasida xabar qilindi.

Ta'kidlanishicha, muhojirlarning asosiy qismi Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq vakillaridir. Ular asosan kechki paytlarda mamlakat hududiga kira boshlashi aytildi. Gevgeliyadagi inqirozli vaziyatlarni boshqarish markazi bergan ma'lumotlarga qaraganda, yetib kelgan qochqinlar darhol kiyim-kechak, oziq-ovqat va gigiyena vositalari bilan ta'minlanadi.

Makedoniya orqali qochqinlar Serbiya hamda Yevropaning boshqa davlatlariga o‘tishda davom etmoqdalar.

Top