14:45 / 21.10.2015
3196

O‘zbekistonlik 9 nafar murabbiy FIBA litsenziyasini olish uchun nomzod

Navoiyda Xalqaro basketbol federatsiyalari assotsiatsiyasining (FIBA) murabbiylar uchun xalqaro seminari o‘tkazildi. Unda FIBA`ning serbiyalik instruktori Milan Kotarats O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan basketbol sporti bo‘yicha murabbiylarni o‘z bilimlari bilan tanishtirdi.

Basketbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Botir Mirodilovning aytishicha, seminar ishtirokchilari xalqaro toifadagi mutaxassisning darslariga katta qiziqish bildirishgan.

"Seminar davomida mahalliy murabbiylar o‘zlari uchun ko‘p bilim va ko‘nikmalarni olishdi", deydi u.

Bunday seminar bolalar basketboli murabbiylari uchun ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma'lum qilinishicha, ushbu seminar ishtirokchilariga maxsus sertifikatlar topshirilgan. Ulardan 9 nafari FIBA murabbiylik litsenziyasini olishga da'vogar hisoblanadi.

Top