18:18 / 21.10.2015
5014

Rossiya Suriyaning terrorchi guruhlari birlashmoqchi ekanligini aytdi

Suriyada harakat qilayotgan terrorchi guruhlar hukumat qo‘shinlariga qarshilik ko‘rsatish uchun birlashish haqida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov bayonot berdi.

“Radiorazvedka vositalari yordamida IShID va “Jabhat an-Nusra” terrorchi tashkilotlarining qo‘mondonliklari o‘rtasida birlashish bo‘yicha muzokaralar boshlangani haqida ma'lumot to‘plandi”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Top