15:07 / 21.10.2015
3700

Rossiyalik taniqli rejissyor Nikita Mixalkov 21 oktabr kuni 70 yoshga kirdi

21 oktabr kuni rossiyalik rejissyor va aktyor Nikita Mixalkov 70 yoshini qarshi oldi. Yarim asrdan ziyodroq davom etgan karerasida u 70dan ziyod badiiy filmlarda rejissyor, ssenariy muallifi, aktyor yoki prodyusser sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

N.Mixalkov “Urga – muhabbat hududi” filmi uchun 1991 yilda Venetsiya kinofestivalining “Oltin sher” mukofotini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 1994 yilda “Utomlennyye solntsem” filmi uchun “Xorijiy tildagi eng yaxshi badiiy film” nominatsiyasida “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan.

O‘zbek tomoshabinlari uni “Ikki kishilik vokzal” (provodnik Andrey rolida), “Sherlok Xolms va doktor Vatsonning sarguzashtlari: Baskervillar iti” (Henri Baskervil rolida) va boshqa badiiy filmlari orqali yaxshi taniydi.

Top