16:01 / 21.10.2015
3712

Rustam Qosimjonov Gorts kubogida g‘olib bo‘ldi

Berlinda rapida yo‘nalishi bo‘yicha turnirdagi ishtirokini yakunlashi bilanoq Vengriyadagi Gorts kubogi («Highlander Kupa 2015″) turnirida bahslarga kirishgan o‘zbekistonlik grossmeyster ushbu turnirni muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazdi.

19 oktabr kuni Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan ushbu musobaqa mashhur shaxmatchi Yudit Polgar tomonidan tashkil qilindi.

Yarim final juftliklarining birinchisida 16 yoshli vengriyalik shaxmatchi Gledura Benjamin (2513) va sobiq jahon chempioni Anatoliy Karpov duch kelishdi. Ikkinchi yarim final juftligida esa 2004 yilda jahon chempioni bo‘lgan Rustam Qosimjonov

Olimpiadada kumush medal sohibi bo‘lgan yana bir vengriyalik shaxmatchi Chabu Baloga bilan bahs olib bordi.

Ma'lum qilinishicha, finalda Rustam Qosimjonov va Gledura Benjamin ro‘baro‘ kelgan. Finalda O‘zbekiston vakili o‘zining yosh raqibini 3:1 hisobida mag‘lub etib, 6 mln florint (22 ming dollar) mukofotga ega bo‘lgan.

Top