10:46 / 21.10.2015
6945

Turkmaniston va O‘zbekiston Afg‘oniston chegarasini mudofaa qilishda hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

Yaqinda Afg‘oniston hududida sodir bo‘lgan voqealar Turkmaniston-O‘zbekiston sammitida atroflicha muhokama qilindi. Tahlilchilarning fikricha, voqealar Turkmaniston chegarasiga bevosita yaqin hududlarda sodir bo‘lgani bois har ikki tomon ham bu muammoga katta e'tibor qaratgan.

Bundan tashqari, 7-8 oktabr kunlari Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Toshkentda o‘zbekistonlik hamkasbi Islom Karimov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Aytilishicha, Turkmaniston siyosatchilarining faollashib qolgani Afg‘onistonning Faryob viloyatida sodir bo‘lgan to‘qnashuvlardir. Tolibon harakatining Turkmaniston chegarasiga yaqinlashib qolgani jiddiy tashvish uyg‘otmoqda, deb hisoblaydi siyosatshunoslar.

2014 yili chegaradagi to‘qnashuvlarda Turkmanistonning 6 harbiy xizmatchisi halok bo‘lgandi.
Ayni paytda Turkmaniston vakillari bu borada hech qanday rasmiy ma'lumot berishmayapti.

 

manba: Central Asia Online

Top