08:16 / 22.10.2015
4304

Argentina prezidenti Kirshner: Putin Yaqin Sharqdagi vaziyatni hal qilishga yordam bermoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning terrorchilik xavfiga qarshi kurashga qaror qilgani Yaqin Sharqdagi vaziyatni hal qilishga yordam bermoqda, deb aytdi 21 oktabrda Putin bilan bo‘lib o‘tgan videoanjumandan keyin Argentina prezidenti Kristina Kirshner.  

“Bu terrorchilikka qarshi harakatlar ikkiyuzlamachilikni yo‘q qilishga, odamlarning bo‘layotgan voqealarni aniqroq ko‘rishlari va Yaqin Sharqdagi vaziyatni hal qilishga ko‘mak beradi”, deb aytdi Kirshner RT telekanaliga bergan intervyusida.

“Putin BMT Bosh assambleyasidagi nutqida “terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha real qaror qabul qilish, uning barcha turlari bilan kurashish lozimligini, chunki yaxshi va yomon terrorchilik bo‘lmasligini aytgan edi”, deb ta'kidlab o‘tdi Kirshner. 

“O‘ylaymanki, Rossiyaning Yaqin Sharqda yoyilib ketgan terrorchilikka qarshi kurashdagi pozitsiyasi va harakatlari Putinni butun dunyo ko‘z o‘ngida terrorchilikka qarshi kurashda  global yetakchiga aylantirdi”, deb qo‘shimcha qilib o‘tdi Argentina prezidenti. 

Top