08:46 / 22.10.2015
3578

Dunga: Hozirgi tarkib Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng kuchsizi

Braziliya terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Dunga o‘z qo‘li ostidagi terma jamoa haqida fikr bildirib o‘tdi.

JCh-2018 saralashida Argentina va Peru terma jamoalariga qarshi o‘yinlar oldidan murabbiy terma jamoa tarkibida chiziqlar bo‘yicha muammolar borligini qayd etib o‘tgan.

"Bu avlod Braziliya tarixidagi eng zaif avloddir. Bizda yuqori saviyali hujumchi yo‘q. Braziliyalik futbolchilar Yevropa jamoalarining zaxirasida qolib ketmoqda.

Braziliya terma jamoasida hamisha o‘yinni bir o‘zi hal qila oladigan talantlar bo‘lardi. Bizning tarkibimizga shunday futbolchilar yetishmayapti.

O‘zingiz ayting, bizda vaziyatlarni hal qila oladigan 23-28 yosh oralig‘idagi qancha futbolchi bor? Futbolchilar o‘zlarini maydonda Ronaldo davridagi futbolchilar kabi his qila olishmaydi", deydi murabbiy.

Xabarlarda Dunga kelasi hafta Braziliya terma jamoasidan iste'foga chiqarilishi mumkinligi aytilgan.

Rahbariyat terma jamoaning Amerika Kubogidagi ishtiroki va JCh saralashida qayd etilayotgan natijalardan norozi bo‘lmoqda.

Top