01:29 / 22.10.2015
4577

HTC One A9 smartfonining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Tayvanning HTC ishlab chiqaruvchisi HTC One A9 smartfonini rasman taqdimotini o‘tkazdi, deb ma'lum qilmoqda The Verge.

Kompaniyaning ma'lum qilishicha, smartfon HTC One M9 ning o‘rniga emas,balki uni to‘ldiruvchi bo‘lib xizmat qiladi. Apparat 7,62 mm.yupqalikka ega to‘liq allyumen qoplamaga ega bo‘ldi.

Smartfon 5 dyuymli AMOLED li FullHD (1920x1080) displeysiga ega. Old paneli Gorilla Glass 4 shishalari bilan himoyalangan. Ishlab chiqaruvchilarning ma'lum qilishicha, qurilma sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 617 prossesorida ishlaydi. Ularning to‘rttasi 1,5 GGts va yana to‘rttasi 1,2 GGts chastotani qo‘llab-quvvatlaydi. Tezkor xotirasi 2 Gb, flesh xotirasi esa 16 Gb dan iborat.

Smartfonning asosiy kamerasi 13 Mp, old kamerasi esa 4 Mp dan iborat.

 

Top