20:37 / 22.10.2015
3712

Huawei Xitoydagi eng yirik smartfon sotuvchisiga aylandi

Canalys tadqiqot kompaniyasi ma'lumotlariga asosan, Huawei 2015 yilning uchinchi kvartali bo‘yicha Xitoydagi eng yirik smartfon sotuvchisiga aylandi, deb xabar qilmoqda Forbes. Huawei kompaniyasi bu borada Xiaomi kompaniyasini ortda qoldirdi.

« Huawei kompaniyasining Xitoyning qaqshatgich va o‘ta ziddiyatli bozorida birinchi o‘ringa chiqib olishi, bu haqiqiy jasoratdir », — deydi Canalys tahlilchisi Jyessi Din. Huawei kompaniyasi ilk bor Xitoy smartfonlari bozorida 81 foizlik ko‘rsatkich bilan yetakchlikni qo‘lga kiritdi.

Top