10:18 / 22.10.2015
10157

Iroqda jangarilar dafn qilingan 19ta ommaviy qabr topildi

Iroq Qurolli kuchlari vakili mamlakat shimolidagi Bayji shahri hududidan 19ta ommaviy qabr topilgani haqida ma'lum qildi. Bu qabrlarga jami 365 jangari dafn qilingani aniqlangan.

Ma'lumot bergan harbiylardan birining aytishicha, jasadlar qator terilib, dafn qilingan. U bu jasadlar qachon ko‘milgani va ularning jangarilarga tegishliligi aynan qanday yo‘l bilan aniqlanganini aytmagan.

Ma'lumot uchun, Iroq hukumati qo‘shinlari 19 oktabr kuni Bayji shahrini jangarilar qo‘lidan ozod qilgandi. Bu shahar uchun janglar 5 kun davom etgan. Bu shahar neftni qayta ishlovchi zavod yaqinida joylashgani uchun strategik ahamiyatga ega joy hisoblanadi. Bayji shahri Iroqning ikkinchi yirik shahri bo‘lmish Mosuldan 150 km masofada joylashan. Bu shahar 2014 yilning iyunidan beri IShID nazoratida qolmoqda.

Bayji uchun jangning birinchi kunida IShID rahbarlaridan biri Abu Salmon al-Asqariy halok bo‘lgan.

11 oktabr kuni tashkilotning asosiy rahnamosi Abu Bakr al-Bag‘dodiy Iroq samolyotlari tomonidan berilgan havo zarbasi tufayli og‘ir jarohat olgani xabar qilingandi. Hujum vaqtida u bilan ketayotganlardan 8 nafari halok bo‘lgan.

Top