18:32 / 22.10.2015
4358

Lavrov: Suriya masalasini hal etishda Eron, Misr, Qatar, BAA, Iordaniya ishtirok etishi lozim

Suriyadagi mojarolarni hal etishda Eron, Misr, Qatar, BAA, Iordaniya davlatlari ham ishtirok etishi lozim. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Rossiya” telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Suriya bo‘yicha muzokaralar Rossiya-AQSh-Saydiya Arabistoni-Turkiya formatida o‘tkazilishining o‘zi yetarli bo‘ladimi, degan savolga javob berar ekan, bunday deb o‘ylamasligini aytib o‘tdi. “Xuddi shunday fortmatdagi uchrashuvda biz Suriyadagi holatni nazorat qilishda tashqi ko‘mak doirasini tashkil etishga urinish Eron ishtirokisiz istiqbolsiz ekanini yana bir marta ta'kidladik, - dedi Lavrov. – Ayni paytdagi sharoitda guruhga Misr, Qatar, BAA, Iordaniyani ham qo‘shish o‘ta muhim”.

Rossiya Tashqi ishlar vaziligi ushbu davlatlarning ayrimlari ertaga Venaga tashrif buyurishi mumkinligi, biroq bu masala parallel uchrashuvda muhokama qilinishini aytib o‘tdi. “Ular biz bilan muloqot qilish istagini bildirgan edi, - deya davom etdi vazir. – Biz bunga tayyormiz”.

Top