00:26 / 22.10.2015
8205

Moskva qurilishlaridan birida ayollarga tajovuz qilish aybi bilan 500 nafarga yaqin muhojir qo‘lga olindi

Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari vakili Moskvadagi qurilishlardan birida 500 nafarga yaqin muhojirni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Bu haqda poytakt Ichki ishlar boshqarmasi vakili Andrey Galiakberov xabar bermoqda.
Uning ta'kidlashicha, hibsga olinganlar ayollarga tajozuv qilish aybi bilan hisbga olingan.

«Bugun mahalliy vaqt bilan soat 16.00 da roytaxtning g‘arbida joylashgan qurilishning barcha kirish va chiqish yo‘laklari to‘sildi va politsiya vakillari tomonidan yaqin xorijiy mamlakatlardan kelgan 500 muhojir qo‘lga olindi», — dedi Galiakberov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar mavjud qonunlar asosida tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Top