10:36 / 22.10.2015
4754

Navoiyda bog‘cha mudirasi yo‘q shaxslar nomiga maosh yozib, o‘zi olib yurgani aniqlandi

Navoiyda bog‘cha mudirasi yo‘q shaxslar nomiga maosh yozib, o‘zi olib yurgani aniqlandi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, Qiziltepa tumanidagi maktabgacha ta'lim muassasalaridan birining mudirasi bo‘lgan Nodir Egamova 2012 yilgacha qorovul bo‘lib ishlab, so‘ng bo‘shab ketgan G‘ani Ashurovning nomiga rasmiylashtirilgan maoshni uch yil mobayinad o‘zlashtirib kelgan.

Tekshiruv asnosida shu davr ichida u qariyb 7 mln so‘mni o‘zlashtirgani ma'lum bo‘ldi.
Sud qarori bilan sobiq mudira davlatga yetkazilgan zararni to‘liq qoplashini ko‘zda tutdi.

Top