23:09 / 22.10.2015
4392

"Olimpiyskiy"da tahqirlangan qora tanli yigit, "Chelsi"ning emas, "Dinamo" muxlisi bo‘lib chiqdi

20 oktabr kuni Kiyevdagi "Olimpiyskiy" o‘yingohida "Dinamo" va "Chelsi" o‘yini vaqtida bezorilar ta'qibiga uchragan qora tanli muxlis avval aytilganidek "Chelsi" fanati emas, mahalliy ishqibozlardan biri bo‘lgani ma'lum qilindi. Bu haqda FARE (Football Against Racism in Europe) tashkiloti direktori, FIFAning irqchilikka qarshi kurash bo‘yicha komissiyasi a'zosi Piar Povar ma'lum qildi.

"Bu hujum "Dinamo" muxlisiga nisbatan amalga oshirilgan. "Chelsi" muxlislari boshqa sektorda, xavfsiz sharoitda o‘yinni kuzatib borishgan. Bu ish bo‘yicha yagona muammo stadion xodimlarining bu voqeaning oldini ololmagani hisoblanadi. "Dinamo"ga bu bo‘yicha savollarimiz bor", deydi Povar.

Eslatib o‘tamiz, «Dinamo» jamoasi irqchi muxlislari tufayli YeChLdan chetlatilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Ukrainlar jamoasiga nisbatan qat'iy jazo qo‘llanishi, jamoa YeChL turniridan chetlatilishi, yoki muxlislarsiz stadionda o‘yinlar o‘tkazishga mahkum etilishi hamda ochkolaridan mahrum qilinishi mumkin.

Top