16:40 / 22.10.2015
3591

O‘zbekistonda bu yilgi paxta hosilidan 1,6 mln tonna urug‘lik olinishi rejalashtirilgan

O‘zbekistonda yetishtirilgan bu yilgi paxta xomashyosidan (3,35 mln tonna) 1 mln tonna tola, 1,6 mln tonna urug‘lik va 80 ming. tonna lint olinishi rejalashtirilgan. Bu haqda «Novosti Uzbekistana» internet-nashri XI paxta yarmarkasi vaqtida berilgan ma'lumotlarga tayanib xabar tarqatmoqda.

O‘zbekistonda paxta chigitini qayta ishlash bilan Hukumatning 2010 yilning 7 iyuldagi Qaroriga muvofiq 27ta korxona ish olib boradi. Ularning umumiy yillik ishlab chiqarish quvvati 2,7 mln tonna chigitni tashkil qiladi.

Top