18:29 / 22.10.2015
4073

To‘raqo‘rg‘onda gaz ta'minoti filialiga ortiqcha pul to‘lagan fuqaroning mablag‘lari qaytarib berildi

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Abdug‘appor Qahhorovning “Darakchi” gazetasida chop etilgan maktubida aytilishicha, u tuman gaz ta'minoti filialiga ortiqcha to‘lov amalga oshirgani hisob-kitob chog‘ida amalga oshirilgan. Ushbu mablag‘ni qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha tuman gaz filiali abonent bo‘limi boshlig‘iga murojaat qilinganida fuqaro rad javobini olgan. Bu vaziyatga O‘ztransgaz AK boshqaruv raisi o‘rinbosari Muratulla Boshmanov oydinlik kiritdi.

“O‘rganish jarayonida 2013 yil noyabr oyida “To‘raqo‘rg‘ontumangaz” filiali nazoratchisi R. Saydullayev tomonidan o‘tkazilgan nazorat ko‘rigi bo‘yicha ariza muallifining xonadonida isitish hajmi 218 metr kub bo‘yicha ABT bazasiga kiritilgan bo‘lib, 5 oy qishki mavsumga 1 239 461 so‘m qarzdorlik hisoblanib, 2014 yil qishki mavsumga jami 362 705 so‘m ortiqcha hisob-kitob qilinganligi aniqlandi, - dedi u. – Ushbu xatolikka yo‘l qo‘ygan nazoratchi o‘z tushuntirish xatiga asosan ortiqcha hisoblangan mablag‘ni oylik ish haqi hisobidan to‘lab berdi. Hozirda fuqaro A. Qahhorovning qarzdorligi mavjud emas”.

Top