Toshkentda isitish mavsumi boshlandi
Toshkent shahar hokimi joriy yilning 21 oktabr kuni “Toshkent shahrida 2015-2016 yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va issiqlik energiyasi bilan ta'minlash to‘g‘risida”gi 910-sonli qarorini imzoladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar qildi.
Unga ko‘ra, 2015 yil 22 oktabrdan boshlab ijtimoiy soha obektlarida sinov tariqasida isitishga, turar joy binolari esa 23 oktabrdan muntazam isitilishga kirishiladi.
Mazkur qarorda “Toshkent issiqlik elektrmarkazi”, “Toshkent issiqlik markazi”, “Toshissiqquvvati”, tuman hokimliklari va Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasiga hamkorlikda issiqlik manbalari,
energiya bilan ta'minlovchi, uy-joylardan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan tuman hokimliklari nazorati ostida isitish mavsumini sifatli o‘tkazish, barcha iste'molchilarga issiqlik energiyasi va issiq suv yetkazilishini ta'minlash yuklatilgan.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mo‘g‘ulistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu nima uchun muhim?
O‘zbekiston | 15:23
-
Ryutte: Kiyev NATO davlatlaridan harbiy yordamga ishonishi mumkin
Jahon | 15:03
-
Chorvoq Darvozasi - O‘zbekistondagi tog‘li hududdagi yangi turdagi turar-joy majmuasi
O‘zbekiston | 15:00
-
Samarqandda Zarafshon daryosi qirg‘og‘ida qolib ketgan fuqarolar qutqarildi
Jamiyat | 14:59