15:11 / 23.10.2015
5302

Dubayda 3D Ka'ba soatlarda namoyish etildi

Birlashgan arab amirliklarining Dubay shahrida mashhur soatsoz usta Kristof Klaret (Cristophe Claret)ning "lyuks" toifasidagi qimmatbaho soatlari namoyishga qo‘yildi.

Ta'kidlash kerakki, bu ayniqsa musulmonlar uchun juda ajoyib yangilik. Miniatyura ko‘rinishidagi 3D Ka'ba soat siferblatining markaziga o‘rnashtirilgan va u 28 ta qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Qora tosh (Xajar al-Asvad) 7 raqami ustidan joy olgan va reallikka ancha yaqin.

Muallif har bir detalga alohida yondoshishga harakat qilgan va bu yondoshuv soatning qimmatini oshirgan. Tasma timsoh terisidan ishlangan. Shuningdek, unga o‘rnatilgan maxsus kompas vositasida soat egasi, qayerda bo‘lishidan qat'iy nazar, ibodat uchun qiblani hech qiynalmay topa oladi.

O‘z navbatida soatning orqa tomoni ham “ijodiy nazar”dan chetda qolmagan. U yerda dunyoning aylanuvchan xaritasi, markazda Muqaddas Ka'ba va uni tavof qilib, aylanayotgan ziyoratchilar tasviri aks ettirilgan. Bir so‘z bilan aytgan antiqa soatlar kolleksionerlari va musulmonlarning qiziqishlarini uyg‘otayotgan mazkur qimmatbaho soatning narxi haqida ma'lumotlar yo‘q.

Manba: muxlis.uz

Top