10:52 / 23.10.2015
2651

Facebook ijtimoiy tarmoq bo‘yicha qidiruv ko‘lamini 2 trln xabargacha kengaytirdi

Facebook kompaniyasi ijtimoiy tarmoq bo‘ylab qidiruv imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida ma'lum qildi. Endilikda qidiruv ko‘lami foydalanuvchilar tomonidan e'lon qilingan 2 trln xabarni qamrab oladi.

Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 23 oktabrdan taqdim etilgan yangi imkoniyat sharofati bilan qidiruvlar nafaqat yoqtirgan sahifalar va do‘stlar profili, balki ijtimoiy tarmoqda e'lon qilingan barcha xabarlar bo‘yicha amalga oshiriladi.

“Biz ijtimoiy tarmoq qidiruv tizimini o‘zgartirdik, endi foydalanuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan mavzuda nafaqat do‘stlari va oila a'zolari, balki butun dunyo nima deb o‘ylashini bilib olishlari mumkin”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, yangi qidiruv bugundan AQShdagi foydalanuvchilar uchun taqdim etiladi.

Top