15:39 / 23.10.2015
2780

Irish Times: Merkel YeIni qochqinlar uchun javobgarlikni bo‘lishishga chaqirmoqda

22 oktabr kuni Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa Ittifoqi davlatlari yetakchilarini qochqinlar masalasida javobgarlikni bo‘lishib olishga chaqirdi, deya yozmoqda The Irish Times nashri.

Madridda bo‘lib o‘tgan Yevropa xalq partiyasi s'zdida Merkel ayni paytdagi migratsion inqiroz Yevropa uchun so‘nggi bir necha o‘n yillikdagi eng muhim chaqiriqlardan biri sanalishini aytib o‘tdi. U YeI va Turkiya hamkorligi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlab, buni “to‘g‘ri qaror” deb atadi.

Biroq YeI raisi Donald Tusk qochqinlar borasida qattiq munosabat bildirmoqda, deb yozadi nashr. S'yezd vaqtida u yana bir marta Yevropa o‘z tashqi chegaralarini mustahkamlash zarurligini ta'kidlab o‘tdi. Shuningdek, Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning yondashuvi huquqni muhofaza qiluvchilar e'tirozlariga sabab bo‘ldi.

Orbanning fikricha, inqiroz jarayonida “xorijlik jangarilar” YeI hududiga kirib kelishi mumkin.
“Bu iqtisodiy muhojirlar, qochqinlar va xorijlik jangarilardan iborat migratsion harakatdir. Bu boshqarib va nazorat qilib bo‘lmaydigan jarayondir”, - dedi Vengriya bosh vaziri.

Top