18:04 / 23.10.2015
6370

IShID afg‘on narkotiklari hisobidan kuchga to‘ldi

IShID terroristik guruhi afg‘on geroinini sotishdan olingan daromad hisobiga kuchga to‘ldi, deya ma'lum qildi RIA “Novosti” agentligiga Rossiya Giyohvand moddalar nazorati federal xizmati rahbari Viktor Ivanov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shu sababdan ham Rossiya narkopolitsiyasi BMTda afg‘on giyohvand moddalari tranzitini yadroviy qurollarni tarqatmaslik va qaroqchilikka qarshi kurash darajasiga qadar ko‘tarishga chaqirmoqda.

Avvalroq Rossiya bosh shtabi 2015 yilda Afg‘onistonda opiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichi 2014 yilga nisbatan 20 foizga ortishi mumkinligini ma'lum qilgan edi. Ushbu ma'lumot o‘z tasdig‘ini topsa, 2015 yilda Afg‘onistonda opiy tayyorlash hajmi 8 ming tonnani tashkil etadi.

Top