22:12 / 23.10.2015
3403

Klichko: Faoliyatimni yakunlash haqida o‘ylamayapman

Ukrainalik bokschi Vladimir Klichko jurnalistlarning savollariga javob bera turib, o‘z faoliyatini tugallashni rejalashtirmayotgani haqida ma'lum qildi.

39 yoshli bu sportchi hali sport bilan shug‘ullanishdan rohat olishda davom etayotganini ta'kidlab o‘tgan.

"Keyingi 2-3 yilda mendan bir necha marta boksni qachon tark etishim haqida so‘rashdi. Odamlar buni o‘zaro muhokama qilishayotganini ham eshitganman.

Bilaman, bokschilik bilan abadiy shug‘ullana olmayman. Lekin men hozir boksni tark etish haqida o‘ylaganim yo‘q. Qachonki boksdan rohat olmay qolsam, o‘shanda ketishim mumkin", deydi Klichko Boxingnewsonline.net nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha o‘ta og‘ir vaznda WBA/WBO/IBF talqinlari bo‘yicha jahon chempioni Vladimir Klichko va britaniyalik bokschi Tayson Fyuri o‘rtasidagi jang 24 oktabrda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq Klichkoning jarohat olgani sababli jang o‘tkazilishi sanasi 28 noyabrga ko‘chirilgan.

Top