00:57 / 23.10.2015
7004

Putin AQShning hamkorlariga munosabatini vassallarga bo‘lgan munosabatga qiyosladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro klubi sessiyasidagi nutqi davomida AQSh sanksiyalaridan Yevropa kompaniyalari ham jabr ko‘rayotgani va AQShning o‘z hamkorlariga munosabatini vassallarga bo‘lgan munosabatga qiyosladi.

“Sizlarga misol sifatida shu jumladan Yevropa kompaniyalariga nisbatan qo‘llanayotgan jarimalar epidemiyasini keltiraman. AQSh tomonidan o‘ylab topilgan bahonalar ishga solinmoqda, AQSh sankiyalarini bir tomonlama buzishga botina olganlar qattiq jazolanmoqda. Siz bilasiz, bu balki Rossiyaning ishimasdir, biroq bizning klub muhokamalar uchundir, shuning uchun men bir narsani bilmoqchiman: ittifoqchilar bilan shunday munosabatda bo‘ladimi? Yo‘q, bunday munosabat o‘zining ixtiyoriga ko‘ra harakat qilishga botina olgan vassallarga nisbatan bildiriladi, ularni “yomon xulqi” uchun jazolashadi”, deb aytdi Putin.

Putinning aytishicha, “dunyo tarixining rivojlanishi doimo davlatlar va ularning ittifoqlarining raqobati bilan kechgan”. Putin ixtiloflar va fojiali vayronagarchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun bunday raqobatni siyosiy, huquqiy va ma'naviy me'yor-qoidalar doirasida qurishga chaqirdi.

Top