01:31 / 23.10.2015
9185

Putin islom va jangarilarning yolg‘oni o‘rtasida chegara tortishga chaqirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro klubi sessiyasidagi nutqida islom va jangarilar yolg‘oni o‘rtasida aniq chegara bo‘lishi zarurligini aytdi.

“Tinchlik, xayrli ishlar, yaqinlarga yordam, udumlarga hurmat kabi qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi asl islom bilan jangarilar islom ortiga yashiringan holda sochayotgan yolg‘on, nafrat o‘rtasidan aniq chegara tortish lozim”, deb aytdi Putin.

Putinning aytishicha, bu maqsadda vaziyatni tartibga solish jarayoniga musulmon boshqarmasi, islom yetakchilari va musulmon davlatlari yetakchilarini jalb qilish muhim hisoblanadi. Ularning birgalikdagi sa'y-harakati, nufuzi va ko‘magi terrorchilar “go‘sht sifatida foydalanishga urinayotgan” yoshlarni terrorchilarning barbod qiluvchi ta'siridan himoya qilishga yordam berishi kerak.

Top