15:14 / 23.10.2015
2618

Qirg‘iziston barcha xizmatlarni elektron formatga o‘tkazish uchun 10 yil sarflaydi

2025 yilga kelib Qirg‘iziston barcha davlat xizmatlarini elektron formatga o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda transport va kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Ernis Mamirxonovning so‘zlariga tayangan holda Qirg‘iziston telefon agentligi xabar bermoqda.

“O‘ylaymanki, 10 yildan so‘ng shaxsiy kabinetlari bor mustaqil tizimlar joriy qilinadi, ular orqali turli xizmatlarni buyurtma qilsa bo‘ladi, bu istiqbolni “Elektron Qirg‘iziston-2025” nomli yangi dasturga joriy qilishni rejalashtirmoqdamiz. Barcha davlat xizmatlari elektron formatga o‘tkaziladi, 70 foiz fuqarolar ulardan mustaqil ravishda foydalana oladi”, - dedi u.

Top