16:16 / 23.10.2015
3403

Qirg‘izistonlik amaldorlar ish paytida kino ko‘ra olmaydi

Keyingi yildan qirg‘izistonlik amaldorlar ish o‘rnida filmlar va videolavhalar ko‘rish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Bu haqda transport va kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Ernis Mamirxonovning so‘zlariga tayangan holda Qirg‘iziston telefon agentligi xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga qaraganda, 2016 yil o‘rtalariga kelib mamlakatning barcha 63 davlat organi yagona ma'lumot almashish tizimi bilan qoplanadi. Bunda tizim ichidagi trafikni nazorat qiluvchi maxsus filtrlar joriy qilinadi.

Top