16:46 / 23.10.2015
6234

Qozog‘istonning eng ilg‘or cho‘poni qo‘y-qo‘zi nazoratida drondan foydalanmoqda

Qozog‘istonning Jambul viloyatida yashovchi cho‘pon Yerasil qo‘ylarini boshqarish va suruvni kuzatib turish uchun dronlardan foydalanib kelmoqda. Bu haqda mahalliy blogerlardan biri xabar qildi.

Uning so‘zlariga qaraganda, drondan tashqari, Yerasil o‘ziga iPhone 6s ham buyurtma qilgan. Hozircha u iPhone 6dan foydalanishga majbur. Yerasil ilgari dronsiz qanday ishlagani tushunmayotganini ta'kidlab o‘tdi.
Lekin u zamonaviy uskunaning ikkita asosiy kamchiligini aytib o‘tdi.

Birinchidan, har doim birga beshta akkumulyator ko‘tarib yurish kerak, ikkinchidan esa, dron ovozli buyruqlar bera olmaydi. Suruvni kerakli joyga yo‘naltirish uchun dronlarni ularga qaratib uchirib, qo‘rqitishga to‘g‘ri keladi.

Top