18:36 / 23.10.2015
5613

Suriya harbiy kuchlari zarbalari natijasida 45 nafar IShID jangarisi yo‘q qilindi

Suriyaning Xama provinsiyasida IShID avtokolonnasiga berilgan zarbalar natijasida 45 nafar terrorchi yo‘q qilindi, deya xabar qildi RIA “Novosti” agentligi Suriya qurolli kuchlari vakili Ali Mayxuba ma'lumotiga asoslangan holda.

“Qurolli kuchlarimiz harbiy amaliyotlar o‘tkazilayotgan turli hududlarda HHK yordamida marralarga muvaffaqiyatli zarbalar bergan holda o‘z harakatini davom ettirmoqda. Xama provinsiyasidagi Umm Xadij shaharchasida IShID kolonnasiga zarbalar berildi. 23ta turli avtomobil va 45 jangari yo‘q qilindi”, - dedi u.

Bundan avvalroq esa Rossiya Mudofaa vazirligi vakili Igor Konashenkov Rossiya aviatsiyasi Salma shahrida jangarilar bazasini yo‘q qilgani to‘g‘risida xabar bergan edi. General-mayorning razvedka ma'lumotlariga asoslanib xabar berishicha, mazkur bazada chet ellik instruktorlar qo‘poruvchilik urushini olib boradigan IShID terroristlarini tayyorlagan.

Top