16:50 / 23.10.2015
3163

Tesla Xitoyda elektromobillar ishlab chiqarishni boshlashi mumkin

Tesla kompaniyasining bosh direktori Ilon Maskning qayd etishicha, korxona ikki yil ichida Xitoyda elektromobillarni ishlab chiqarishni boshlamoqchi. Bu haqda Business Insider nashri xabar tarqatdi.

Mazkur ma'lumotni Mask Pekindagi Tsinxua universitetida namoyish qilingan stenogrammasida ko‘rsatib o‘tgan. Mazkur stenogramma Tesla kompaniyasining Xitoydagi modellari haqida hikoya qiluvchi rasmiy blogida ham joylashtirilgan. Xitoy mazkur ulov narxini uch baravargacha tushirish imkoniyatni taqdim etmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq muhandislar Tesla Model S avtopilotini sinovdan o‘tkazgandi.

Top