09:51 / 23.10.2015
3398

WikiLeaks MRB rahbarining yozishmalaridan navbatdagi hujjatlar to‘plamini e'lon qildi

WikiLeaks sayti MRB direktori Jon Brennanning yozishmalaridan navbatdagi hujjatlar to‘plamini e'lon qildi. Ta'kidlanishicha, xatlar uning shaxsiy elektron pochtasidan olingan.
Ommalashtirilgan hujjatlar ichida 2008 yil 7 noyabrga oid AQShning Afg‘oniston va Pokistondagi strategiyasi bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek, yozishmalar olib borilgan aloqalar ro‘yxati.
Kecha hujjatlarning birinchi qismi oshkor qilingan edi. Ularda Eron va AQSh munosabatlari, razvedkaning sovuq urushdan keyingi davrdagi ishi, so‘roqlar paytida qiynoqlarning qo‘llanishi singari masalalar ko‘rib chiqilgan edi.

Top