07:56 / 23.10.2015
2560

Xalk ketma-ket uchinchi marta YeChLda turning ramziy terma jamoasidan o‘rin oldi

UYeFAning rasmiy sayti tomonidan Chempionlar ligasi guruh bahslarining uchinchi turida qatnashgan jamoalardan saralab olingan ramziy terma jamoa tuzib chiqildi.

Qayd etish kerakki, birinchi va ikkinchi turlarda ham bunday terma jamoaga kiritilgan Xalk uchinchi turda ham bunga muvaffaq bo‘ldi.

U "Lion"ga qarshi o‘yindagi goli bilan jamoasini oldinga olib chiqib, ketma-ket uchinchi marta turning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb topildi.

U 3ta turda 3ta gol urib, 2ta golli uzatma amalga oshirdi.

Qayd etish kerakki, uning jamoasi "Zenit" YeChL guruh bosqichining birinchi davrasida ochko yo‘qotmagan yagona jamoa bo‘lib turibdi.

Turning ramziy terma jamoasi quyidagicha ko‘rinish olgan:

Darvozabon: Petr Chex («Arsenal»)
Himoyachilar: Serj Ore («PSJ»), Per Mertesaker («Arsenal»), Tiago Silva («PSJ»), Pa Konate («Malme»)
Yarim himoyachilar: Ivan Rakitich («Barselona»), Daniele De Rossi («Roma»), Sofian Feguli («Valensiya»)
Hujumchilar: Xalk («Zenit»), Vensan Abubakar («Portu»), Xaver Ernandes («Bayyer»).

Top