15:38 / 24.10.2015
4140

Bosh Assambleya BMT tashkil topganining 70 yilligi munosabati bilan deklaratsiya qabul qildi

BMT Bosh Assambleyasi xalqaro tashkilot Ustavi kuchga kirganiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan deklaratsiya qabul qildi.

2 sahifadan iborat ushbu hujjatda BMTga a'zo 193 davlat avlodlarni urush asoratlaridan qutulishda birdam ekanligi, davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplarida sodiq turilishi borasidagi bayonotlari o‘rin olgan.

“Biz Ustavimizda qabul qilingan majburiyatlarni vijdonan bajarishga sodiqligimizni, shuningdek, barcha davlatlarning suveren tengligi, ularning hududiy yaxlitligini va siyosiy mustaqilligini, xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashlarini hurmat qilishga, davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va xalqaro kelishmovchiliklarni tinchlik yo‘li bilan, adolat va xalqaro huquq normalariga muvofiq hal etishda sodiq qolishimizni ma'lum qilamiz”, - deyiladi hujjatda.

Top