08:28 / 24.10.2015
3228

Nyu-York birjasida Facebook aksiyasi narxi ilk marta 100 dollardan oshdi

Nyu-York birjasidagi savdolar chog‘ida Facebook kompaniyasi aksiyalari ilk marta 100 dollardan qimmatga sotildi.

Bloomberg nashri xabariga ko‘ra, bu ijtimoiy tarmoq aksiyasi narxi 2015 yilning iyulida ham 100 dollarga ko‘tarilgan, lekin bu narx saqlanib turmagandi. 23 oktabr kungi savdolar vaqtida kompaniya aksiyalari bahosi 2,2 foizlik o‘sishni qayd etib, 101,88 dollardan sotildi.

Shu tariqa, 2012 yilda ilk marta birjaga kirgan kompaniya aksiyalari narxi o‘tgan vaqt ichida 475 foizlik o‘sishga erishdi. Standard & Poor's 500 reytingida bu ko‘rsatkich to‘rtinchi yaxshi natija sifatida qayd etilgan.

Shuningdek, Facebook kapitallashuv bo‘yicha ham boshqa hech qaysi kompaniya qayd etmagan natijani ko‘rsatgan - 250 mlrd dollar.

Ma'lumot uchun, Facebook, Apple, Microsoft, Amazon va Google kompaniyalarining umumiy kapitali Standard & Poor's 500 reytingiga kiruvchi barcha kompaniyalarning kapitalida deyarli 10 foizlik ulushga ega.

Top