17:52 / 24.10.2015
4630

Quyichirchiqlik bezorilar 3 yilga qamalib ketdi

Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida istiqomat qiluvchi, bezorilik bilan kun kechiruvchi fuqarolar Namoz Samadov va Anbay Begimovlar ko‘cha tajovuzi uchun qamoqqa olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, ular bir kuni fuqaro B. Jonizoqovni to‘xtatib, unga tegajog‘lik qilishgan. Dastlab unga “Pivo olib ber” qabilida zo‘ravonlik qilishgan, so‘ng pul talab qilib, do‘pposlashgan va og‘ir jarohat yetkazishgan.
Bu ishga jazo sifatida Samadov 3 yilga, Begimov 3.5 yilga qamaldi.

Top