08:42 / 24.10.2015
2807

Tojikistonning "Somon eyr" aviakompaniyasi Dushanbe-Bishkek aviareysi ochilganini e'lon qildi

Tojikistondagi xususiy aviakompaniyalardan biri "Somon eyr" Tojikiston va Qirg‘iziston poytaxtlari orasida aviareyslarni yo‘lga qo‘yadi.

Aviakompaniya matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, endilikda kompaniya samolyotlari haftada 2 marta, juma va yakshanba kunlari qatnay boshlaydi.

Aniqlik kiritilishicha, samolyotlar Dushanbedan juma kuni Bishkekka mahalliy vaqt bilan soat 21:00da, yakshanba kuni esa soat 21:30da uchadi. Uchish davomiyligi 1 soatu 20 minutni tashkil etadi. Kompaniya Bishkekka ilk parvozni 30 oktabr kuni amalga oshiradi.

Bishkekkacha reys chiptasi bahosi 545 somoniy, uchish-qaytish chiptasi bahosi esa 760 somoniy etib belgilangan. Barcha parvozlar Boing 737 saomolyotlari orqali amalga oshiriladi.

Qayd etish kerakki, shu vaqtgacha Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi aviaaloqalar Tojikistondagi "Tadjik Eyr" hamda Qirg‘izistondagi «Avia Traffik Kompani» va «Eyr Manas» milliy aviakompaniyalari orqali amalga oshirib kelinadi.

«Somon Eyr» aviakompaniyasi yaqin vaqt ichida o‘zining harakatlanish ko‘lamini yanada kengaytirishni, Dushanbe-Dubay-Dushanbe, Dushanbe-Sankt-Peterburg-Dushanbe va Dushanbe-Almati-Dushanbe reyslarini haftasiga 3martagcha oshirishni rejalashtirgan.
Shuningdek, Xo‘jand-Sankt-Peterburg-Xo‘jand yo‘nalishidagi parvozlar haftasiga 2 martadan amalga oshiriladi.

Top