21:13 / 24.10.2015
3511

"Vest Xem" "Chelsi"ni mag‘lub etib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi

Angliya chempionatining 10-turida "Vest Xem" o‘z uyida "Chelsi"ni qabul qildi. Uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. Ushbu natijadan so‘ng "Vest Xem" 20 ochko to‘plab 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Chelsi" 11 ochko bilan 15-pog‘onani band etib turibdi. 

Vest Xem Yunayted (London) – Chelsi (London) – 2:1
Gollar: Sarate, 17 (1:0); Kexill, 56 (1:1); Kerroll, 79 (2:1).
Ogohlantirishlar: Kuyyate, 74 – Aspilikueta, 24; Matich, 35; Fabregas, 45; Kosta, 45; Villian, 81; Mikel, 90+5.
Chetlatish: yo‘q – Matich, 44.
 
Top