10:58 / 25.10.2015
3502

Janubiy afrikalik multimillioner FIFA prezidenti bo‘lmoqchi

Janubiy afrikalik multimillioner Mosima Gabriel Sevale FIFA prezidentligi uchun o‘z nomzodini qo‘ydi.

Sevale FIFAning irqchilik qarshi kurash bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi. «Tokio» laqabini olgan 62 yoshli mutasaddi Nelson Mandela prezidentligi davrida JAR vazirlar mahkamasi a'zosi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, FIFA prezidentligi uchun UYeFA prezidenti Mishel Platini, FIFA Ijroqo‘mi sobiq a'zosi Jyerom Shampan, Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Hussayn va Trinidad va Tobago terma jamoasining sobiq futbolchisi Devid Naxid o‘z nomzodlarini ilgari surishgan.

Prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish 26 oktabr kuni yakuniga yetadi.

Top