16:08 / 25.10.2015
2825

Kiyevda qishki vaqtga o‘tilganidan bexabar saylovchilar saylov uchastkasiga 1 soat oldin kelishdi

Ukraina poytaxti Kiyev shahridagi saylov uchastkasiga saylovchilar eshiklar ochilishidan 1 soat oldinroq to‘plana boshlashdi.

Qayd etilishicha, kiyevliklar bugun Ukrainada qishki soat mintaqasiga o‘tilganidan bexabar qolishgani uchun bu voqea yuz bergan.

TASS nashri muxbirining xabar berishicha, bu uchastkada hech qanday qoidabuzarlik qayd etilmagan. Saylovchilar 1 soat o‘tishini kutishgan va ovozlarni berib, qaytishgan.

Aytilishicha, saylov uchastkalariga saylovchilar oila a'zolari bilan kelishmoqda va faollik ko‘rsatishmoqda.

Bugungi mahalliy o‘z-o‘zini idora qilish organlariga o‘tkazilayotgan saylovlar uchun uchastkalar mahalliy vaqt bilan soat 08:00da ochilgan va 20:00gacha ovoz berish jarayoni o‘tkaziladi.

Top