18:57 / 25.10.2015
4094

Koalitsiya vakili: Iroq hududidan IShIDning batamom yo‘q qilinishiga uch yildan besh yilgacha vaqt ketadi

Iroq hududidan “Iroq va Shom islom davlati” terrorchilik guruhining yo‘q qilinishiga kamida uch yil vaqt ketadi, deb ma'lum qilmoqda AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya vakili, polkovnik Stiv Uorren.

25 oktabr kuni Al Arabiya telekanalida xalqaro koalitsiya vakilining ma'lum qilishicha, “Iroq hududidan IShID terrorchilik guruhini batamom yo‘q etish uchun uch yildan besh yilgacha vaqt ketadi”. Uorrenning ma'lum qilishicha, IShID 2014 yilniki singari qudratli emas. Iroq armiyasi AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning bergan havo kuchlari yordamida terrorchilar tomonidan bosib olingan bir qancha marralarni qayta egallashga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, IShID o‘tgan yilning yozidan boshlab Iroqning shimoliy tumanlarini egallab olishga erishgandi. Ayni damda IShID jangarilari Iroqning uchdan bir hududini nazorat ostida ushlab turibdi.

Top