17:45 / 25.10.2015
2518

O‘zbekistonlik kurashchilar Krasnoyarskdagi turnirda yana 3ta medal olishdi

Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida rossiyalik kurashchi, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Buvaysar Saytiyev mukofotlari uchun o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi xalqaro musobaqa o‘tkazildi. 

Musobaqaning ikkinchi kunida O‘zbekiston vakillari yana uchta medal olishdi.

Xususan, Rustambek Jo‘rayev (46 kg) «oltin», G‘ulomjon Abdullayev (54 kg) «kumush», Husanboy Rahimov (100 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Musobaqaning ilk kunida erkin kurash bo‘yicha 2015 yilgi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining kumush medal sohibi Hasanboy Rahimov bu turnirning oltin medaliga ega chiqqani haqida xabar qilingandi.

Top