07:59 / 25.10.2015
2821

Qunduzdagi shifoxonaning o‘qqa tutilishi qurbonlari soni 30 kishiga yetdi

AQSh harbiylari tomonidan Afg‘onistonning Qunduz shahridagi “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro insonparvarlik tashkiloti shifoxonasining o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 30 kishiga yetdi, deb ma'lum qildi tashkilotning AQShdagi bo‘limi matbuot xizmati vakili Tim Shenk.

Tashkilotning bosh direktori Kristofer Stoks “Chegara bilmas shifokorlar” “aniq harbiy jinoyat amalga oshirilganidan” kelib chiqayotganini aytib, voqeaning to‘liq tergov qilinishini talab qilmoqda. 

Uning aytishicha, AQSh Mudofaa vazirligi olib borayotgan ichki tergov yetarli emas.

Avvalroq NATO shifoxonaga zarbalar berilishi haqidagi hisobotning chop etilishini keyingi qoldirishi ma'lum qilingandi.

Top